Hoyu-havaslardan charaqlab turmay, Ko’ngil ko’chasidan yaraqlab yurmay, O’z taqdir kitobin vaqarlab ko’rmay, Bolasin o’ylagan onajonimsiz! Irmog’im tuzatgan buloq o’zingiz, Izimda yoshlarin to’kar ko’zingiz, Jonimni asraydi duo-so’zingiz, Baxtimdan so’ylagan onajonimsiz! Yashaysiz qismatga shukrlar qilib, Shirin orzu ,Yaxshi umidlar qurib, Qomatim ko’rganda,quvonib kulib, Bo’yimni bo’ylagan onajonimsiz! Siz shundayin muattar,shundayin tanho, Oftob qalbingizdan olami ziyo, Siz shunday beminnat bir mehri daryo, Yuragi kuylagan onajonimsiz! Hoyu-havaslardan charaqlab turmay, Ko’ngil ko’chasidan yaraqlab yurmay, O’z taqdir kitobin vaqarlab ko’rmay, Bolasin o’ylagan onajonimsiz!
|