Yo'lingda koz'lari tolgan men o'sha, Umrbod seni deb qolgan men
o'sha, Jonim poyandozdek solgan men o'sha. Aytgin, mendan yana
ne istarsan. Poyingda yig'lasa tilagim, zorim, Bo'lmayin
qolguncha balki darkorim, Borlig'im bahshida senga dildorim,
Aytgin, mendan yana ne istarsan. Dunyo go'zalligi ko'zu
qoshingda, Oshiq qalb ila jon, balo boshimda, Jonim jon
saqlasa har qaroshingda, Aytgin, mendan yana ne istarsan. Seni
juda barno derlar, Qoshlaringni qaro derlar, Yetyolmasdan
ming oshiqlar Yo'llaringda gado derlar. Olis-olis, uzoq
manzillar, Xayollarim sen tomon boshlar, Bir zumgina topa
olmasman, Alamlarim ko'zimni yoshlar. Yolg'on va'dalarga
ko'mildi dillar, Sevgidan so'zlamas, ojizdir tillar, Endi
uzatsak ham yetmaydi qo'llar, Ishq izlari hamon qalbimni tirnar.
Olis-olis, uzoq manzillar, Xayollarim sen tomon boshlar, Bir
zumgina topa olmasman, Alamlarim ko'zimni yoshlar.
|