Agar men har qayon bo'lsam, ko'ngil sendan judo bo'lmas, Agar
ming yil navo qilsam, sening darding ado bo'lmas. Tilarman
vaslini tinmay, necha yillar yurib sarson, Borib ayting, o'shal
yorga, judoliqdek balo bo'lmas. Xaloyiqlarki ayturlar, bu
dardingga davo yo'qtur, O'zidin o'zga, ey do'stlar, menga hech bir
davo bo'lmas. Manam Mashrab kecha kunduz, firoq dardida
yig'larman, Magar ma'shuq yuzin ko'rmoq bu dunyoda ravo bo'lmas.
Agar men har qayon bo'lsam, ko'ngil sendan judo bo'lmas, Agar ming
yil navo qilsam, sening darding ado bo'lmas.
|