Mobila qo'limda asta-sekin raqamni terdim
Uzoq gudokdan keyin javob eshitdim
Jimlik kuyini chalardi bir necha soniya
Bizdan yiroqda edi uzoqda garmoniya
Dialogni men ochdim u esa davom ettirdi
Uchrashuv belgiladik ozgina vaqtlar o'tdi
Tuyg'ular esdan chiqqan yuzma-yuz o'tirdik biz
O'ylanardik ikkimiz sevgidan qolganmi iz?
Unda yangicha hayot o'zgacha bir maya
Men bilan Toshkent bo'lsa u bilan Ispaniya
Meni ustumda soddagina mayka
SENCHI boshidan oyog'igacha "Prado" , "Rolis" , "Gucci"
Seniyam tushinaman men bilan nima ko'rding?
Befoyda she'rlarimmi?Sanoqdagi har bir tiyin
Jaxldagi qichqiriq, sevgi izhor shu xolos
Intilib kutganingdan olarding doim oz
U esa boshqa dunyo quruq gap gapirmaydi
Jaxlda baqirmaydi, pulda maydalashmaydi
Men kelardim sovg'asiz u esa gullar bilan
Sevgim bilan ko'mardim u esa pullar bilan
Boshini qotirma mayli o'zi shundoq hamma ayon
Gaplarim yolg'on bo'lsa men ham qilmasdim bayon
Unda "Audio" to'rtinchi yonida valyuta ko'pincha
O'tmishni esdan chiqar man endi Pristij ham
Bir kun kelib ko'rasan aslida xato qilding
Sevgi pulga sotilmas muhabbatni xor qilding
Baxt degani pulmikan deya ikkilanaman
O'z yo'lingni tanladingku men nima qilaolaman?
"Yo'q unda daryo pullar" - shivir aytib qo'yasan
"Sevgi qiziqtirmaydi" - deya javob berasan
O'ylanib ko'rgin bir bor haliyam imkoni bor
Sen esa jimlik saqlab birdan solib ketding dod
Yana shu sterika yana o'sha panika
Go'yoki sen farishta-yu men aybdor bariga
Qo'ldagi mobila sindi , sochilib ketdi tekila
Ovozing g'azab bosib yana o'sha eski gap
Ko'zlaringga yosh olib qara e'tiborsiz sen
Hayotda mazmuning yo'q, lazzatsiz hayot berding
Hali men aybdormanmi boylikka sen o'ch bo'lsang
Seni ko'tarolmayman ovozing o'chsin
Tomchilar tushgan ko'zingdan
G'azab tushmagan yuzingdan
Birdan tugadi bu dam
Uyg'onib ketganda ham
Aybsiz ikkalamiz
Shunchaki turlimiz biz
Senga baxt pulda bo'lsa
Menga edi ikkimiz………….
|