Bo'lgan ekan bir malika go'zal Ta'rif etishga ojizdir g'azal, Sevib
qolibdi bir yigitni Tushda ko'rib bildi afzal. Kunlar birida
yigit ko'rdi tush Unda malika jilmayar homush, Sevib qolibdi
malikani Yo'lga tushdi manzil olismish.
Naqorat: Muhabbat
g'olib bo'ladi ishongin faqat Muhabbat g'olib bo'ladi etsa bir toqat, Hayotimiz
ham bir ertak Muhabbatga yetishsin yurak.
Yo'lda yigitga dev
duch keldi Jang etib yigit devni yengdi, Sevgisi uchun sahrolarda Oq
tulporda kelar endi. Yetib keldi u go'zal saroyga Malika turar
o'xshab oyga, Yetdi murodga sevgan dillar Yomonliklar oqdi soyga.
Naqorat: Muhabbat
g'olib bo'ladi ishongin faqat Muhabbat g'olib bo'ladi etsa bir
toqat, Hayotimiz ham bir ertak Muhabbatga yetishsin yurak
|