Seni sevib topkanlarim jafo bo'ldi,
Yonlarimning ko'rgani kayf safo bo'ldi.
Bilolmadin sen qanday kuyapsan,
mening bag'rim kuyib bitdi ado bo'ldi.
Orzu deya armonlarni quchtimmi men,
Bir lag'zada poyinga cho'k tushdimmi men.
Ko'zu qoshu kipriginga uchtimmi men,
Sendan na bir taskin, sado bo'ldi,
Ado bo'ldi, ado bo'ldi, ado bo'ldi,
Sendan na bir taskin na bir sado bo'ldi,
Ado bo'ldi ado bo'ldi ado bo'ldi,
Mening bag'rim kuyib bitti ado bo'ldi.
Yurmaymanmi erkalab hur ilonlarni,
Yuragimga bosib qotil chayonlarni,
Ko'rmas edim bu kuni bu hijronlarni,
To'rt tomonim faryod to'la nido bo'ldi,
Sen zebu zar og'ushida massan bugun,
Eh shunchalar bedor, shuncha passan bugun,
Men sevgan qiz senmas sen bir hassan bugun,
Endi mening yorim yolg'iz hudo bo'ldi.
Kim qo'yipti men bir hofiz bolasiga,
Dil bermoqni boyning guli lolasiga,
Teng ko'rmading sochingni bir tolasiga.
Teng ko'rganing osmon bo'ldi samo bo'ldi.
Ado bo'ldi, ado bo'ldi, ado bo'ldi,
Sendan na bir taskin na bir sado bo'ldi,
Ado bo'ldi ado bo'ldi ado bo'ldi,
Mening bag'rim kuyib bitti ado bo'ldi.
|